Yoshlarning huquqiy bilimi mustahkamlandi
FOTOREPORTAJ
Xorazmda yoshlarni jinoyatchilikka qarshi kurashga chaqirish va ularni sud-huquq tizimiga doir qonunchilikdagi yangiliklar bilan tanishtirish maqsadida “Sudya va yoshlar” tamoyili asosida viloyat sudining sudyalari tomonidan yuridik texnikum o‘quvchilari bilan uchrashuv o‘tkazildi.
Unda viloyat sudining sudyalari M. Qurbonov, Sh. Razzoqov, V. Qozoqov va B. Davlatov ishtirok etib, yoshlarga sud tizimidagi islohotlar, qonunchilikdagi so‘nggi o‘zgartirish va qo‘shimchalar haqida ma’lumot berdi. Jumladan, jinoyat ishlari bo‘yicha va iqtisodiy sudlarda ko‘riladigan ishlar toifasi, sud qarorlari ustidan shikoyat berishning yangi tartibi va “my.sud.uz” elektron platformasi orqali onlayn xizmatlardan foydalanish masalalari tushuntirildi.
[gallery-17448]
Muloqotda shuningdek, yurtimizda yoshlarning ta’lim olishi uchun yaratilgan sharoitlar, Sudyalar oliy maktabi faoliyati va sohada kadrlar zaxirasini shakllantirish haqida so‘z yuritildi. Tadbir yakunida o‘quvchilarning sud tizimiga oid savollariga batafsil javob berildi.
Behzodbek SAIDOV(surat),O‘zA