Yoshlarni san’atga oshno etib
Yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish, ularni milliy va umuminsoniy san’atning eng yaxshi namunalaridan bahramand qilish, bo‘sh vaqtni mazmunli tashkil etish davlatimiz rahbari tomonidan ilgari surilgan besh muhim tashabbusda ustuvor o‘rin egallaydi.

Shu maqsadda O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi tomonidan o‘g‘il-qizlarni umumta’lim maktablarida tashkil etilgan to‘garaklar va boshqa madaniy tadbirlarga jalb etish bo‘yicha "yo‘l xaritasi" tasdiqlandi.
Ayni paytda joylardagi madaniyat va san’at muassasalari hamda maktab to‘garaklari ishini samarali yo‘lga qo‘yish maqsadida ularni musiqa cholg‘ulari va boshqa zarur jihozlar bilan ta’minlash ro‘yxati ham tasdiqlandi.
Shuningdek, "O‘zbekiston xalq artisti", "O‘zbekiston xalq rassomi" faxriy unvonlariga ega bo‘lgan san’atkorlar, madaniyat xodimlari, ijodkorlar, "Nihol" mukofoti sovrindorlari hokimliklarga madaniyat va san’at masalalari bo‘yicha ijodiy maslahatchi sifatida jamoatchilik asosida biriktirildi.
Ularning asosiy vazifasi yoshlarni madaniyat va san’atga keng jalb etish yuzasidan hokimliklarga metodik, ijodiy va tashkiliy jihatdan ko‘maklashishdan iborat.
Joriy yil yakuniga qadar, har bir tuman, shahar markaziy madaniyat maskanida jamoatchilik shaklida bittadan teatr jamoasi, vokal cholg‘u ansambli, ashula va raqs ansambli, namunaviy bolalar ansambli tashkil etiladi.