Yoshlarni komillik sari yetaklab...
Buxoro shahridagi Poyi Kalon majmuasida joylashgan Mir arab madrasasi, Minorai Kalon, Masjidi Kalon yodgorligidan fotoreportaj tayyorlash uchun tarixiy qadamjolar sari yoʻl oldim.
1-oktyabr – Oʻqituvchi va murabbiylar kuni
Buxoro shahridagi Poyi Kalon majmuasida joylashgan Mir arab madrasasi, Minorai Kalon, Masjidi Kalon yodgorligidan fotoreportaj tayyorlash uchun tarixiy qadamjolar sari yoʻl oldim.
Doimgidek majmua quyoshni qarshi olib, mavjlanib turardi. Poyi Kalon atrofi ziyoratchilar bilan gavjum. Hunarmandchilik rastalarida sayyohlar noyob buyumlarni tomosha qilmoqda, yoshlar tarixiy maskanda esdalik uchun suratga tushmoqda... Majmua oldida kitob mutolaasi bilan band ayol eʼtiborimni tortdi. Kitobxon insonlarga hurmatim oʻzgacha boʻlgani bois, ayolni suhbatga chorladim.
– Kasbim pedagog, - salomlashgach soʻz boshladi oʻzini tanishtirib. – Ismi sharifim Leyli Hamidova. 37 yildan buyon yosh avlod tarbiyasi yoʻlida xizmat qilaman. Ayni paytda Buxoro shahridagi 18-umumtaʼlim maktabida rahbarlik qilish bilan birga, oʻquvchilarga rus tili va adabiyoti fanidan dars berib kelyapman.
Yoshlik davrimning koʻp vaqti Poyi Kalon majmuasi yonida joylashgan Narshaxiy nomidagi viloyat bolalar kutubxonasida oʻtgan. Dugonalarim bilan Navoiy asarlarini sevib mutolaa qilganmiz. Oʻquvchilarimda ham kitobxonlik madaniyatini yuksaltirishga alohida eʼtibor qaratganman. Har tomonlama barkamol shaxsni shakllantirishda kitobning oʻrni muhim ahamiyatga ega. Kitob insonni komillik sari yetaklaydi.
