Yoshlar yetakchilari malakasi oshirildi
Yoshlar ishlari agentligi va qator hamkor tashkilotlar bilan birgalikda poytaxtimiz mahallalaridagi yoshlar yetakchilari uchun o‘quv-seminar bo‘lib o‘tdi.
Yoshlar bilan ishlash tizimini yanada takomillashtirish, yetakchilarning kasbiy bilim va amaliy ko‘nikmalarini mustahkamlash, ularning faoliyat samaradorligini oshirish hamda ish jarayoniga zamonaviy yondashuvlarni keng joriy etishga qaratilgan tadbirda ishtirokchilarga sohaga oid dolzarb masalalar yuzasidan batafsil tushuntirishlar berildi.

Shuningdek, amaliy tajriba almashinuvi yo‘lga qo‘yilib, joylardagi mavjud muammolar va ularning yechimlari muhokama qilindi.
Seminar yakunida ochiq muloqot shaklida savol-javoblar o‘tkazilib, yoshlar yetakchilarini qiziqtirgan barcha savollarga mutaxassislar tomonidan atroflicha javob berildi.


Gulnoza Boboyeva, O‘zA