Yoshlar yetakchilari bilan ochiq muloqot
Ma’lumki, respublikamiz bo‘ylab “Yoshlar kuni” doirasida o‘tkazilayotgan tadbirlar yoshlar bilan ochiq muloqotni kuchaytirish, ularni tashvishlantirayotgan masalalarni o‘rganish va takliflarini tinglashda muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Shu munosabat bilan poytaxtimizda Shayxontohur tumani hokimi Bobir Abubakirov boshchiligida mas’ul mutasaddilar ishtirokida mahallalarda faoliyat olib borayotgan yoshlar yetakchilari bilan uchrashuv tashkil etildi.

Uchrashuvda yoshlar bilan ishlash tizimini yanada takomillashtirish, mavjud muammolar va ularning yechimlari yuzasidan fikr almashildi.
Yoshlar yetakchilari o‘z faoliyati davomida erishilgan natijalar, amalga oshirilayotgan loyihalar hamda kelgusidagi rejalar haqida ma’lumot berdi. Shuningdek, savol-javoblar tashkil etilib, ularni qiziqtirgan masalalar yuzasidan atroflicha muhokamalar olib borildi.

Tadbir yakunida yoshlar bilan ishlashda faol ishtirok etib kelayotgan bir guruh yoshlar yetakchilariga esdalik sovg‘alari topshirildi.
Shuningdek, Uchtepa tumani mahallalaridagi yoshlar yetakchilariga uslubiy ko‘mak ko‘rsatildi. Yoshlar bilan ishlash samaradorligini oshirish, yoshlar yetakchilari faoliyatini tizimli rivojlantirish hamda ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash maqsadida o‘rganish ishlari olib borildi.

Xususan, tumanning Taqachi, Chamanzor, Xuroson, Zulfizar, Yangi yo‘l mahallalari yoshlar yetakchilarining faoliyati chuqur va atroflicha tahlil qilindi.
Tahlil yakunlariga ko‘ra, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, loyihalar doirasida qamrovni kengaytirish hamda faoliyat samaradorligini keskin oshirish yuzasidan aniq vazifalar belgilab berildi. Amaliy va uslubiy ko‘maklar ko‘rsatilib, kelgusidagi ishlar bo‘yicha manzilli tavsiyalar berildi.
Gulnoza Boboyeva,O‘zA