Yoshlar xatlovdan o‘tkazilmoqda (+video)
Shu kunlarda respublikamiz mahallalarida olib borilayotgan yoshlarning xatlov jarayoni Surxondaryo viloyatidagi mavjud 724 mahallada ham davom etmoqda. Xususan, Boysun tumanidagi 39 ta mahallada so‘rovnomalar tashkil etilib, yigit-qizlarning qiziqishi, muammolari va takliflari o‘rganib chiqilmoqda.
– “Yoshlar balansi”ni shakllantirishning asosiy maqsadlaridan biri, yigit-qizlarning qiziqishi, ularning umumiy ma’lumoti, bandlik holati, ta’lim ma’lumotlari, bugungi kundagi ijtimoiy-iqtisodiy ahvolini aniqlashdan iborat, - deydi Yoshlar ishlari agentligi tuman bo‘limi boshlig‘i Feruz Normamatov. – Aniqlangan ma’lumotlar asosida chora-tadbirlar belgilanadi. Jumladan, ishsiz yoshlar uchun bandlik dasturlari ishlab chiqiladi, og‘ir toifadagi yoshlar rahbarlarga biriktirilib, ular bilan individual ish olib boriladi.
Tumandagi “Obi” MFY yoshlar yetakchisi Nurali Jumayev 2024 yilda “Yoshlar balansi” tizimi asosida samarali ish tashkil etgan eng namunali mahalla yoshlar yetakchisi” yo‘nalishi bo‘yicha respublika tanlovida 1-o‘rinni qo‘lga kiritgan. Yangi 2025 yilda ham Nurali o‘z ishini puxtalik va sinchkovlik bilan amalga oshirmoqda. Xatlov orqali yoshlarning muammolari, taklif va tashabbuslari oydinlashadi. Bu mahalla yoshlar yetakchisi uchun eng muhim jarayondir.
[gallery-21458]
Ma’lumot o‘rnida aytib o‘tish kerak, tumanda 14-30 yoshdagi o‘g‘il-qizlar 33 ming 121 nafarni tashkil etib, 13 yanvardan bugungi kunga qadar yoshlar yetakchilari tomonidan 12 ming 927 nafar yosh xatlovdan o‘tkazildi. Jarayon 31 yanvarga qadar davom etadi.
<iframe width="640" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/6uDyL4aexRc" title="Yoshlar xatlovdan o‘tkazilmoqda" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Jonibek QO‘ZIMURODOV (surat, video), O‘zA