Yoshlar va ayollar bandligi ta’minlanmoqda
Buxoro viloyati Vobkent tumani Yuqori Xalach qishlog‘idagi “Vobkent tomorqa eksport” ishlab chiqarish korxonasi jami 1,80 gektar yer maydoniga ega.
Hududda aholi bandligini ta’minlash maqsadida issiqxonaning 2 sotixdan yer maydoni 60 nafar ishsiz yoshlar va ayollarga ajratib berildi.
Issiqxonaga 24 ming pomidor va 48 ming achchiq qalampir ko‘chati qadaldi.
[gallery-1288]
Ta’kidlash joiz, hududda tomorqachilikni rivojlantirish maqsadida Vobkent tumani fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi hamda Sarimsoqpiyoz va to‘qsonbosti usulida sabzavot mahsulotlarini yetishtiruvchilar va eksport qiluvchilar uyushmasi hamkorligida ko‘chma dala do‘konlari tashkil etilib, aholiga sifatli va arzon urug‘lik va ko‘chatlar yetkazib berilmoqda.
Tohir ISTATOV (surat), O‘zA