Yoshlar internetsiz o‘zlarini qanday his etishadi?
“Bugungi kunda YouTube videoxostingi, Facebook va Twitter ijtimoiy tarmoqlari, Instagram yoki WhatsApp messenjerlari yoshlarning kundalik hayotida muhim rol o‘ynaydi”, deb yozadi Avstriyaning “Der Shtandard” nashri.
“Bugungi kunda YouTube videoxostingi, Facebook va Twitter ijtimoiy tarmoqlari, Instagram yoki WhatsApp messenjerlari yoshlarning kundalik hayotida muhim rol o‘ynaydi”, deb yozadi Avstriyaning “Der Shtandard” nashri.
“Ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish to‘g‘risidagi so‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Germaniyada 97 foiz yoshlar smartfonga egadir va shuncha foiz yosh avlod har kuni internetdan foydalanadi. Ularning ko‘pchiligi (82 foizi) undan faqatgina ko‘ngilxushlik uchun foydalanadi”, deyiladi maqolada.
Internetsiz yoshlarning hayotida qanday o‘zgarishlar yuz berishini bilish uchun Erlangen-Nyurnberg universiteti tadqiqotchilari o‘quvchilarning kemadagi sayohati davomida internet aloqasi cheklangan tajribaviy loyiha tashkil etishdi.
“Avvalgi o‘tkazilgan tadqiqotlar qisqa muddatlarda, ya’ni bir necha soat yoki bir kecha-kunduz davom etgan. Ushbu loyiha bo‘yicha esa o‘quvchilar uch hafta internetsiz bo‘lishdi”, deya hikoya qiladi tadqiqot rahbari Tomas Eberle.
“O‘spirin yoshlarning so‘zlariga qaraganda, tajribaviy tadqiqot davomida ularning uyqulari va yashash turmush tarzi sifati sezilarli darajada yaxshilangan. Ko‘pgina yoshlar doimiy onlayn aloqa zarurati yo‘qligidan o‘zlarini ancha yengil his qilishganini aytishgan”, deya xabar beradi nashr.
Ba’zi yoshlar kema qirg‘oqqa yaqinlashganda Wi-Figa ulanishga shoshishgan. Ularga bir tomondan nimadandir bexabar qolish qo‘rquvi, ikkinchidan esa yaqinlari bilan aloqaga chiqish bosimi qattiq ta’sir etgan.
Ilgari ijtimoiy tarmoqlarga ijobiy munosabatda bo‘lgan o‘quvchilar tajribaviy tadqiqot davomida ularga tanqidiy nazar bilan qaraydigan bo‘lishdi.
“Ijtimoiy tarmoqlardan bor-yo‘g‘i uch hafta davomida ajralib qolish o‘quvchilarda ularga bo‘lgan salbiy munosabatning o‘sishiga olib keldi. Ijobiy munosabat esa aksincha, anchayin kamaydi”, deya xulosa qiladi Eberle. Sayohat yakunlangandan so‘ng keyingi yarim yil davomida tashkil etiladigan tadqiqotlar mazkur o‘zgarishlar yoshlarning kelgusidagi yurish-turishiga qanday ta’sir etishini ko‘rsatib beradi.