Yoshlar hayotidagi eng muhim palla
FOTOREPORTAJ
Farg‘ona davlat universiteti sport-sog‘lomlashtirish majmuasida bakalavriat ta’lim yo‘nalishi uchun kirish imtihonlari davom etmoqda.
2023-2024 o‘quv yili uchun test sinovlarini topshirishga moslashtirilgan 330 o‘rinli binoda abituriyentlar uchun barcha sharoit yaratilib, ichimlik suvi, to‘liq sovutish, yoritish tizimi bilan ta’minlangan.
Universitet qoshida tashkil etilgan volontyorlar guruhi esa abituriyentlarning ota-onalari va yaqinlari bilan suhbatlar o‘tkazib, test jarayonlarining nechog‘lik shaffofligiga doir so‘rovnomalar olib bormoqda.
[gallery-13039]
Ma’lumot uchun. Farg‘ona davlat universiteti bu yil respublika miqyosida eng ko‘p abituriyent ro‘yxatdan o‘tgan OTMlar ichida 3-o‘rinni egallab turibdi.
Test imtihonlari viloyatda 13 avgustgacha davom etadi.
Muqimjon QODIROV (surat), O‘zA