Yoshlar bandligini ta’minlash – muhim vazifa
Andijondagi “Ipak yo‘li” erkin iqtisodiy zonasida aholi, xususan, yoshlar bandligini ta’minlash, ularning doimiy daromad manbaini shakllantirish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Andijon viloyati hokimi Shuhratbek Abdurahmonov, Andijon, Asaka, Oltinko‘l tumanlari hamda Andijon shahridagi ta’lim muassasalari rahbarlari, mahalla yettiligi a’zolari hamda mutasaddi tashkilotlar rahbarlari ishtirok etgan tadbirda mamlakatimizda aholi, ayniqsa, yoshlar bandligini ta’minlashga qaratilgan keng ko‘lamli ishlar olib borilayotganligi ta’kidlandi.

Tadbirda viloyat rahbari “Ipak yo‘li” erkin iqtisodiy zonasida yangi ish o‘rinlari yaratish borasida amalga oshirilayotgan ishlar, ishga tushirilgan loyihalar, erishilayotgan natijalar va muammolarga to‘xtalib, mazkur yo‘nalishdagi ishlarni izchil va tizimli davom ettirish muhim vazifa ekanligini alohida qayd etdi.


Shuningdek, viloyatda faoliyat yuritayotgan ishlab chiqarish korxonalaridagi bo‘sh ish o‘rinlarini muntazam tahlil qilib borish, ishsiz fuqarolarni ana shu ishlarga jalb etish, shu bilan birga, yoshlarni bugungi kun talabiga mos kasb-hunarga o‘qitish orqali ularing bandlikni ta’minlash bo‘yicha mutasaddilarga tegishli topshiriqlar berildi.
F. Ubaydullayev,Z. Umrzoqov (surat), O‘zA