Yosh tennischilar musobaqasi
Poytaxtimizdagi Respublika olimpiya zaxiralari tennis maktabida "Kichkintoy" respublika turniri bo‘lib o‘tmoqda.
Poytaxtimizdagi Respublika olimpiya zaxiralari tennis maktabida "Kichkintoy" respublika turniri bo‘lib o‘tmoqda.2005-2006-yillarda tug‘ilgan o‘g‘il-qizlar o‘rtasidagi musobaqada 50 ga yaqin yosh tennischi g‘oliblik uchun bellashmoqda. Aziz Madatov, Sarvar Zafarov, Iso Muxtorov, Qodir Odilov, Maftuna Qahramonova, Sitora Vaqqosxonova, Kamola Omonova, Shahzoda Marimova kabi yosh iste’dod sohiblari tengdoshlaridan mahorati bilan ajralib turibdi.
Musobaqa 2-iyulga qadar davom etadi.