Yosh polvonlarimizning g‘alabasi
Myanmada erkin, yunon-rum va xotin-qizlar kurashi bo‘yicha yoshlar o‘rtasida o‘tkazilgan Osiyo chempionatida yosh polvonlarimiz Vatanimiz sharafini munosib himoya qilib, 1 oltin, 2 kumush va 2 bronza medalni qo‘lga kiritdi.
Myanmada erkin, yunon-rum va xotin-qizlar kurashi bo‘yicha yoshlar o‘rtasida o‘tkazilgan Osiyo chempionatida yosh polvonlarimiz Vatanimiz sharafini munosib himoya qilib, 1 oltin, 2 kumush va 2 bronza medalni qo‘lga kiritdi.Musobaqaning yunon-rum kurashi bo‘yicha vazni 50 kilogrammgacha bo‘lgan sportchilar o‘rtasidagi bellashuvlarida Javohir Mirahmedov Osiyo chempioni bo‘ldi. Vazni 66 kilogrammgacha bo‘lgan polvonlar bahsida Aram Vardanyan kumush, 60 kilogramm vazn toifasidagi kurashchilar o‘rtasida Zayniddin Qamariddinov bronza medal bilan taqdirlandi.
Xotin-qizlar kurashi bo‘yicha vazni 63 kilogrammgacha bo‘lgan sportchilar bahsida hamyurtimiz Xolbozor Norboyeva ikkinchi o‘rinni egalladi.
Vazni 50 kilogrammgacha bo‘lgan erkin kurash ustalari o‘rtasidagi bellashuvlarda qatnashgan Hojiakbar O‘tkirov bronza medalga sazovor bo‘ldi.