Yosh polvonlar bahsi qizg‘in o‘tmoqda
Chirchiq shahrida o‘tayotgan U17 Markaziy Osiyo chempionati va U15 O‘zbekiston chempionatida navbatdagi kun ham yakunlandi.
Markaziy Osiyo chempionatining -71 kg. vaznida hamyurtimiz Dilnura Xoldorova kumush medal bilan taqdirlandi. -67 kg. vazn toifasida Boburmirzo Yoqubov ikkikurash yakuniga ko‘ra, 255 kg. natija qayd etib oltin medalga sazovor bo‘ldi. Vazni -73 kg. bo‘lgan atletlar o‘rtasida Behruz Ganjaboyev 270 kg. natija bilan ikkikurashda kumush medalni qo‘lga kiritdi.

O‘smirlar o‘rtasidagi O‘zbekiston chempionatida esa Muhammadshokir Turdialiyev, Ozodbek Mo‘minjonov va Sadoqat Abdug‘aniyeva o‘z vazn toifalarida shohsupaning eng yuqori pog‘onasidan o‘rin oldi.
Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA