Yosh olimlar “Afrosiyob”dan nima topdi?
Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi muassisligidagi respublika yosh olimlar kengashining tashabbusi bilan Samarqand shahridagi “Afrosiyob” tepaliklarida “Yosh olimlar ilmiy tadqiqot ekspeditsiyasi – 2019” tadbiri oʻtkazilmoqda.

– Tarixiy va arxeologik yodgorliklarni ilmiy jihatdan tadqiq etish, moddiy-madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish, sohada ilmiy-amaliy tadqiqotlarni yanada rivojlantirish orqali yoshlarning ilm-fanga boʻlgan qiziqishini qoʻllab-quvvatlash maqsadida tashkil etilgan ekspeditsiyaga 30 nafar yosh mutaxassislar jalb etilgan, – deydi Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi Samarqand viloyati kengashi raisi A.Aslonov. – Ular orasida arxeologiya, tarix, ekologiya, geologiya, botanika yoʻnalishlarida ilmiy izlanishlar olib borayotgan olimlar, tadqiqotchilar, magistr va talabalar bor. Ekspeditsiya jarayonlariga Oʻzbekiston Fanlar Akademiyasi Arxeologik tadqiqotlar instituti prorektori Moʻminxon Saidov rahbarlik qilmoqda.
16-avgustdan “Afrosiyob”da qazish ishlarini boshlagan yosh olimlar shu paytgacha ilk oʻrta asrlarga xos sopol parchalari, qabr qoldiqlari, metall buyumlar va quvur yoʻllari qoldiqlarini topdi. Ular bu yerda 24-avgustga qadar ish olib boradi.