Yosh kitobxonga Prezident sovg‘asi – “Spark” topshirildi
Yoshlar ijod saroyida “Yosh kitobxon” tanlovining respublika bosqichi o‘tkazildi.
10-14 yosh toifasidagi hududiy bosqich g‘oliblari tanlovning yakuniy bosqichida 5 ta shart asosida o‘zaro bellashdi. “Badiiy asarlar bilimdoni”, “Tezkor savol-javob”, “Buyuk mutafakkir va adib”, “She’riyat” va “Insho yozish” sharti bo‘yicha ishtirokchilarning bilimi sinovdan o‘tkazildi.



Yakuniy natijalarga ko‘ra, Navoiy viloyatidan Aziza Ibrohimova birinchi o‘rinni egallab, Prezident sovg‘asi – "Spark" avtomobili sohibasi bo‘ldi. Ikkinchi o‘rinni qo‘lga kiritgan buxorolik Malika Tohirova 50 million so‘m pul mukofoti, uchinchi o‘rin sohibi jizzaxlik Jasurbek Abdug‘afforov esa 30 million so‘m pul mukofoti bilan taqdirlandi.
Gulnoza Boboyeva,
O‘zA