“Yosh kitobxon” tanlovi g‘oliblari taqdirlandi
Nukusda “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida o‘tkazilayotgan “Yosh kitobxon” tanlovining Qoraqalpog‘iston Respublikasi bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Yoshlar ishlari boshqarmasi tomonidan tashkil etilgan tanlovda mahalla, sektor, shahar va tuman bosqichlari g‘oliblari ishtirok etdi. U lar “Badiiy asarlar bilimdoni” va “Tezkor savol-javob” shartlari bo‘yicha o‘z bilimlarini sinovdan o‘tkazdi.
Davlatimiz rahbarining 2018-yil 12-maydagi “Buyuk allomalar adib va mutafakkirlarimiz ijodiy merosini keng o‘rganish va targ‘ib qilish maqsadida yoshlar o‘rtasida kitobxonlik t anlovlarini tashkil etish to‘g‘risida”gi qarori hamda 2020-yil 30 iyundagi “O‘zbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatini tubdan isloh qilish va yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni ijrosi doirasida tashkil etilgan tanlov yakunida 10-14 yosh toifasida Amudaryo tumani Do‘rmon mahallasidan Shahrizoda Nurimbetova birinchi, To‘rtko‘l tumani Beruniy mahallasidan Ozodbek Ro‘zimov ikkinchi, Nukus shahri Anasoy mahallasidan Jasmina Utebayeva uchinchi, 15-19 yosh toifasidagi ishtirokchilar o‘rtasida Ellikqal’a tumani Qirqqizobod mahallasidan Hulkaroy Qalandarova birinchi, Amudaryo tumani Do‘rmon mahallasidan Charosxon Safarboyeva ikkinchi, Qo‘ng‘irot tumani Munchoqli mahallasidan Iliya Saparbayeva uchinchi o‘rinlarni egalladi.
Shuningdek, 20-30 yosh toifasida birinchi o‘rinni Shumanoy tumani Begjap mahallasidan Feruza Bekmuratova, ikkinchi o‘rinni Amudaryo tumani Qipchoq mahallasidan Nilufar Turkmanboyeva, uchinchi o‘rinni Chimboy tumani Qosterek mahallasidan Ikrom O‘teboyev qo‘lga kiritdi.
[gallery-28843]
G‘olib va sovrindorlar tashkilotchilar tomonidan diplom hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
Barcha yosh toifalari bo‘yicha g‘oliblar tanlovning respublika bosqichiga yo‘llanma oldi.
Dovud Abibullayev, Maqsad Habibullayev (surat), O‘zA.