Yosh huquqshunoslarning malakasi oshirilmoqda
Yuridik kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutida tahsil olayotgan yuriskonsultlar guruhi uchun amaliy mashg‘ulot tashkil etildi.
Mamlakatimizda olib borilayotgan demokratik va huquqiy islohotlar, fuqarolik jamiyatini shakllantirishning yuksak talablari zamonaviy xalqaro standartlarga javob beradigan yuqori malakali yuridik kadrlarni tayyorlash tizimini ham takomillashtirib bormoqda.
Mutaxassislarni zamonaviy yondashuvlar, xalqaro tajribalar va innovatsion bilimlar bilan ta’minlash, ularning huquqiy madaniyatini xalqaro darajada yuksaltirish maqsadida tashkil etilgan амалиёт davomida tinglovchilar yuridik firmalarning faoliyati, mijozlar bilan ishlash tizimi, yuridik xizmatlar ko‘rsatishning zamonaviy yondashuvlari hamda amaliyotda uchraydigan huquqiy masalalarni hal etish tajribasi bilan yaqindan tanishdi.

Shuningdek, tajribali mutaxassislar tomonidan kasbiy faoliyatda zarur bo‘ladigan amaliy ko‘nikmalar yuzasidan tavsiyalar berildi.
Mas’ullarning qayd etishicha, mazkur amaliy mashg‘ulot tinglovchilarning nazariy bilimlarini amaliy tajriba bilan mustahkamlash, kasbiy kompetensiyalarni rivojlantirish hamda yuridik amaliyotning zamonaviy yo‘nalishlari haqida yanada kengroq tasavvur hosil qilishga xizmat qildi.
Gulnoza Boboyeva,
O‘zA