Yosh futbolchilarimiz jahon chempionatiga boradi
O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi Myanmada o‘n to‘qqiz yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi Osiyo chempionatining chorak finalida g‘alaba qozonib, 2015-yil Yangi Zelandiyada bo‘ladigan jahon chempionatiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.
O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi Myanmada o‘n to‘qqiz yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi Osiyo chempionatining chorak finalida g‘alaba qozonib, 2015-yil Yangi Zelandiyada bo‘ladigan jahon chempionatiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.Ravshan Haydarov yetakchiligidagi O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari “V” guruhidagi dastlabki uchrashuvda indoneziyalik tengdoshlarini 3:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi. BAA yoshlari bilan 2:2, Avstraliya terma jamoasi bilan 1:1 hisobida durang o‘ynadi va 5 ochko bilan guruhda ikkinchi o‘rinni egallab, chorak finalga chiqdi.
Ushbu bosqichda futbolchilarimiz “A” guruhida birinchi o‘rinni egallagan Tailand yoshlar terma jamoasiga qarshi maydonga tushdi. Uchrashuvning beshinchi daqiqasida Zabihullo O‘rinboyev raqib darvozasini aniq nishonga oldi. Oradan o‘n besh daqiqa o‘tib u terma jamoamizning ikkinchi goliga ham mualliflik qildi.
Ikkinchi bo‘lim boshida tailandliklar hisobni qisqartirishga muvaffaq bo‘ldi – 2:1. Ushbu hisob o‘yin oxirigacha o‘zgarmay qoldi. Hamyurtlarimiz yarim finalda KXDR futbolchilari bilan kuch sinashadi.