Yomğir suvidan unumli foydalaniş taşabbusini ilgari surayotganlar köpaymoqda
Suv çeksiz neʼmat emasligini, har bir tomçining ortida kelajak avlod taqdiri turganini bugun çuqur anglaş vaqti keldi.
Mana şunday şaroitda biz haligaça eʼtibor bermayotgan, ammo tabiatning özi bizga tekin va möl taqdim etayotgan ulkan manba mavjud. Bu yoğayotgan yomğir va qor suvlaridir.
Oliy Majlis Qonunçilik palatasi va mahalliy Kengaşlardagi xalq vakillarining yomğir suvidan unumli foydalaniş taşabbusi bilan çiqayotgani eʼtiborga molik.
– Ikki yildan buyon yomğir suvlarini yiğiş, saqlaş va undan samarali foydalaniş loyihasi ustida işlab kelmoqdaman, – dedi Xalq deputatlari Toşkent viloyati Kengaşi deputati, Özbekiston Xalq demokratik partiyasi Markaziy Kengaşi bölim boşliği Muhsiddin Nizomiddinov. – Bu davr mobaynida mazkur taşabbusning amaliy imkoniyatlarini örganiş, uni oddiy xonadonlardan tortib, maktablar va boşqa ijtimoiy obʼektlargaça tatbiq etiş yöllari haqida mutaxassislar bilan birga izlandik. Bu işlar bizga bir narsani anglatdi, suvni tejaş faqat yangi suv manbalarini izlaşdan iborat emas. Baʼzan mavjud suvning özidan oqilona foydalaniş, uning behuda oqib ketişiga yöl qöymaslik ham muhim natija berişi mumkin. Şu bois yomğir suvlarini yiğiş tizimini 2027-yilga möljallangan Davlat dasturi loyihasiga kiritiş masalasini kötarişni taklif qilmoqçiman. Menimça, bu taşabbusni amaliy jihatdan qöllab-quvvatlaş suvni tejaş, ekologik madaniyatni rivojlantiriş va hududlarimiz obodonçiligiga xizmat qiladigan istiqbolli yönalişlardan biridir.
Yomğir suvi bu borada qöşimça imkoniyatdir. Yoğingarçilik vaqtida binolarning tomlari va boşqa yuzalardan oqib tuşayotgan suvning bir qismini maxsus tizimlar yordamida yiğiş mumkin. Buning uçun tomlardan tuşadigan quvurlar, dastlabki filtrlaş moslamalari va suvni saqlaşga möljallangan rezervuarlar kerak böladi. Zaruratga qarab, nasos va tomçilatib suğoriş tizimlaridan ham foydalaniş mumkin. Albatta, yomğir suvining miqdori hududning iqlimi, yoğingarçilik darajasi, tom maydoni va mavsumga boğliq. Şu sababli bu usul barça joylarda bir xil natija beradi, deb bölmaydi. Lekin şaroit qulay bölgan obʼektlarda yomğir suvini yiğiş içimlik suviga bölgan qöşimça ehtiyojni kamaytirişga yordam berişi mumkin. Eng muhimi, biz yomğir suvini içimlik suvining töliq örnini bosuvçi manba sifatida emas, balki ayrim ehtiyojlar uçun undan foydalanişni kamaytiradigan qöşimça resurs sifatida körişimiz kerak.
Aynan şu yondaşuv loyihaning amaliy va iqtisodiy ahamiyatini belgilaydi. Oddiy yeçim bilan amaliy samaraga erişsa böladi.
Ayrim obʼektlarda nisbatan sodda moslamalar bilan boşlaş, keyinçalik esa ehtiyoj va tajribadan kelib çiqib tizimni takomillaştiriş mumkin. Biroq har qanday loyiha kabi, bunda ham dastlabki xarajatlar va kutilayotgan natijalar hisob-kitob qilinişi lozim. Rezervuar hajmi, filtrlar, quvurlar, nasos va xizmat körsatiş xarajatlari yiğilişi mumkin bölgan suv miqdoriga mos bölişi kerak. Şundagina loyiha iqtisodiy jihatdan özini oqlaş imkoniyatiga ega böladi. Yomğir suvlarini yiğiş loyihasini dastlab maktablar va boşqa ijtimoiy obʼektlarda sinab köriş maqsadga muvofiq. Çunki bunday maskanlarda nafaqat suvni tejaş, balki yoş avlodda ekologik masʼuliyatni şakllantiriş imkoniyati ham mavjud.
Loyihaning iqtisodiy samarasi har bir obʼekt böyiça alohida hisoblanişi lozim. Yiğilgan suv miqdori kam bölgan hududda katta rezervuar örnatiş maqsadga muvofiq bölmasligi mumkin.
Ahamiyatlisi, keyingi paytlarda şu kabi taşabbuslar bilan çiqayotganlar, buning samarasini yuqori baholayotganlar safi kengaymoqda.
Gulnoza Boboyeva,ÖzA