“Yevropada Ukrainadek korrupsiyalashgan davlat yo‘q”
“Ukrainadagi korrupsiyaning miqyosi keng ekani shubhasiz”, dedi Yevropa hisob palatasi a’zosi Yuxan Parts “Interfaks-Ukraina” agentligiga bergan intervyusida.
U Ukrainadagi korrupsiyani epidemiyaga o‘xshatdi va Yevropada bunchalik korrupsiyalashgan boshqa davlat yo‘qligini ta’kidladi.
“Prezidentingizga xolis ko‘rsatkichlar borligini va ular asosida Ukrainadagi vaziyatga to‘g‘ri baho berish mumkinligini yetkazishingiz mumkin”, dedi Parts.
Uningcha, Ukraina juda boy bo‘lib ketishi mumkin, lekin hozir bir guruh odamlar mamlakatning asosiy moliyaviy resurslarini o‘z qo‘lida jamlab, butun mamlakatni garov olgandek bo‘lib turibdi.
“Biz korrupsiyaning davlat byudjetiga qanchaga tushishini hisobladik – yiliga milliardlab dollarni tashkil qiladi bu!”, deb qo‘shimcha qildi tahlilchi.