Yevropa Xitoy avtomobilsozligiga qarshi “katta to‘rtlik”ni shakllantirmoqchi
Yevropa Komissiyasi Yevropada Xitoy avtomobilsozlik sanoatining o‘sishini cheklash uchun Buyuk Britaniya, Yaponiya va Janubiy Koreya bilan iqtisodiy ittifoq tuzmoqchi, deb yozdi “Handelsblatt” nashri.
Hamkorlar o‘z bozorlarini bir-biriga ochiq saqlashni va muhim xom ashyo yetkazib berish uchun birgalikda ishlashni rejalashtirmoqda.
Nashrga ko‘ra, Buyuk Britaniya, Yaponiya va Janubiy Koreyadan kelgan avtomobillar YeIda Yevropa avtomobillari kabi imtiyozlarga ega bo‘lishlari mumkin. Bunga elektr transport vositalarini sotib olish uchun subsidiyalar va kompaniya avtomobillari uchun soliq imtiyozlari kiradi. Shu bilan birga, Bryussel import keskin o‘sgan taqdirda himoya tariflarini joriy etish imkoniyatini ham ko‘rib chiqmoqda.
Ta’kidlanishicha, joriy yilning may oyidan beri Xitoy brendlari birinchi marta Yevropada barcha yirik yapon avtomobil ishlab chiqaruvchilarining umumiy sonidan ko‘proq avtomobil sotgan.
S.Rahimov, O‘zA