Yevropa sotsialistlari migratsiya masalasida tortishib qoldi
Yevropa sotsialistlari partiyasida migratsiya siyosati bo‘yicha jiddiy kelishmovchilik yuzaga chiqdi. Italiya va Ispaniya vakillari Daniya Bosh vaziri Mette Frederiksen hamda Italiya Bosh vaziri Jorja Melonidan Ispaniyani tanqid qilgani uchun norozi. Ular Qirollik hukumatini qit’a davlatlariga nisbatan har xil munosabatda ekanligi uchun ayblagan.
Bahs iyul oxirida Ispaniyaga qarashli Seuta hududida yuz bergan migratsiya inqirozidan keyin boshlandi. O‘shanda Marokashdan 72 000 ga yaqin odam ushbu muxtor hududga noqonuniy ravishda o‘tgan. Frederiksen Ispaniyaning migratsiya siyosati yetarlicha samarali bermayotganini tanqid qilgan va Meloni bilan birga Ispaniyani tanqid qilgan 22 davlat qo‘shma murojaatini qo‘llab-quvvatlagan.
Aynan shu voqea tufayli o‘z noroziligini izhor qilgan Italiya va Ispaniya sotsialistlari Daniya avval Yevropa davlatlaridan yordam olganini eslatib, Frederiksenning Meloni bilan bir pozitsiyada turishini noto‘g‘ri, deb hisoblamoqda. Qirollik sotsial-demokratlari esa o‘z qarashidan qaytmasligini bildirdi. Partiya Yevropa tashqi chegaralarini kuchaytirish va migrantlarni Yevropa hududidan tashqaridayoq qaytarish markazlari tashkil etish g‘oyasini ma’qullamoqda.
Shunga qaramay, hozircha Daniya sotsial-demokratlarini Yevropa sotsialistlari partiyasidan chiqarish masalasi kun tartibiga chiqqani yo‘q. Tomonlar umumiy kelishuvga erishish harakatida. Masala partiya rahbariyatining 15-16-oktabr kunlari bo‘lib o‘tadigan YeI sammiti oldidan o‘tkaziladigan yig‘ilishida muhokama qilinishi kutilyapti.
Musulmon Ziyo, O‘zA