Yevropa qit’asida kuchli beshlik chempionatlari start olmoqda
Dunyo futbol ixlosmandlari Yevropa qit’asida kuchli beshlik chempionatlari boshlanishini intiqlik bilan kutmoqda.
Gap shundaki, bugun 15 avgust kunidan boshlab kuchli beshlik chempionatlari start oladi va may oyiga qadar shiddatli bellashuvlar o‘tkaziladi. Aniqrog‘i, bugun ushbu futbol mavsumini Ispaniya La-ligasi boshlab beradi. Mazkur chempionatning ilk o‘yini bugun “Jirona” va “Rayo Valekano” jamoalari o‘rtasida o‘tadi.
20 avgust kuniga qadar davom etadigan chempionatning birinchi turida "Vilyarreal” — “Ovedo”, "Malorka” — “Barselona”, "Alaves” — “Levante”, "Valensiya” — “Real Sosedad”, "Selta” — “Xetafe”, “Atletik” — “Sevilya”, "Espanol” — “Atletiko”, "Elche” — “Betis” va "Real Madrid” — “Osasuna” uchrashuvlariga guvoh bo‘lamiz.
Shuningdek, bugun Fransiya Liga 1 chempionatida ham ilk tur o‘tkaziladi. Unda “Renn” jamoasi “Marsel” bilan o‘zaro to‘qnashadi. Shuningdek, ushbu tur mobaynida “Lans” — “Lion”, “Monako” — “Le-Avr”, “Nitssa” — “Tuluza”, “Brest” — “Lill”, “Anje” — “Parij FC”, “Mets” — “Strasburg”, “Oser” — “Loriyent”, “Nant” — “PSJ” uchrashuvlari o‘tkaziladi.
Ma’lumot o‘rnida: Angliya Premer-ligasi 16, Germaniya Bundesligasi 22 va Italiya A seriyasi 23 avgust kuni boshlanadi.
Javohir Toshxo‘jayev,
O‘zA