Yekaterinburgda 191 mamlakat yoshlari jamlandi
WAM nashri xabar berishicha, Rossiyaning Ural mintaqasida joylashgan Yekaterinburg shahrida dunyoning turli burchaklaridan minglab yoshlarni birlashtirgan Xalqaro yoshlar festivaliga start berildi.
17-sentabrga qadar davom etadigan ushbu anjumanning rasmiy ochilish marosimi 13-sentabr kuni bo‘lib o‘tdi. Festival dasturidan ekspertlar ishtirokidagi muhokama, sho‘’ba yig‘ilishlari, mahorat darslari hamda rang-barang madaniy tadbirlar o‘rin olgan.
Mazkur yirik tadbirda qatnashish uchun 113 000 dan ko‘p ariza tushgan. Tashkilotchilar 191 mamlakatdan 10 000 ishtirokchini tanlab oldi. Saralangan yoshlarning 5 000 nafari mezbon vakil, qolgani xorijiy davlatlardan kelgan yoshlardir.
F.Yaxshiboyeva, O‘zA