YeI besh davlati energetika kompaniyalariga yuqori daromad solig‘ini taklif qildi
Germaniya, Italiya, Ispaniya, Portugaliya va Avstriya iqtisodiyot va moliya vazirlari yonilg‘i narxi ko‘tarilishining iste’molchilarga ta’sirini yumshatish uchun energiya kompaniyalariga murojaat qilib, butun Yevropa bo‘ylab yuqori daromad solig‘i joriy etishga chaqirdi. Bu haqda “Euronews” xabar tarqatdi.
Hamkorlar fikricha, neft narxi keskin o‘sishi natijasida hosil bo‘lgan ortiqcha daromad fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash va inflyatsiyani jilovlashga yo‘naltirilishi lozim.
S.Rahimov, O‘zA