Yarashov Inomjon Kaxramon o‘g‘lining fizika-matematika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya ishi himoyasi to‘g‘risida
“Funksional jadvallar asosida foydalanishni boshqarishning modellari va usullari” mavzusida
Yarashov Inomjon Kaxramon o‘g‘lining 05.01.05 - “Axborotlarni himoyalash usullari va tizimlari. Axborot xavfsizligi” ixtisosligi bo‘yicha “Funksional jadvallar asosida foydalanishni boshqarishning modellari va usullari” mavzusidagi fizika-matematika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishi himoyasi O‘zbekiston Milliy universiteti huzuridagi DSc.03/30.12.2019. FM.01.02 raqamli Ilmiy kengashning 2025 yil 19 aprel kuni soat 14:00 dagi majlisida bo‘lib o‘tadi.
Manzil: 100174, Toshkent shahri, Olmazor tumani, Universitet ko‘chasi 4-uy. O‘zbekiston milliy universiteti.
Tel.: (99871) 227-12-24
e-mail: rector@nuu.uz