Yangiyoʻlda jenshen yetishtiriladi
Janubiy Koreyaning “K-GINSENG PHARMACY” xorijiy korxonasi elektron onlayn-auksionda Toshkent viloyati Yangiyoʻl tumani hokimligiga qarashli binoning boʻsh turgan qismini ijaraga olish boʻyicha savdoda yutib chiqdi.

Korxona prezidenti Jang Il Yong tuman hokimi U.Yalgashev bilan uchrashib 6 million dollar miqdorida investitsiya kiritib, hamkorlikda yangi loyihani boshlashga kelishib olindi. Ushbu xorijiy korxona jenshen oʻsimligini yetishtirish bilan shugʻullanadi. Investor 25 nafar ish oʻrni yaratish va mahalliy aholi orasidan mutaxassis kadrlar tayyorlashni rejalashtirgan.
Maʼlumki, jenshen inson organizmini qoʻshimcha quvvat bilan taʼminlaydi. Bu oʻsimlik bir qator boshqa xususiyatlarga ham ega. U past qon bosimi, muntazam charchoqlik, ishtaha yoʻqligi, ishchanlik faoliyatining kamayishi, bepushtlik, asab tizimi kasalliklariga ham tavsiya qilinadi.