Yangi samolyot turi sinovdan muvaffaqiyatli o‘tdi
YaNGI IXTIRO
Buyuk Britaniyada dunyodagi birinchi qanot osti moslamasiga ega bo‘lmagan samolyot parvozi sinovdan o‘tkazildi.
"Bloomberg" axborot xizmati xabarida qayd etilishicha, Britaniyaning Manchester universiteti va “BAE Systems Plc” mudofaa kompaniyasi bilan hamkorlikda yaratilgan samolyotga kuchli havo oqimi ta’sirida harakatlanish tizimi joriy etilgan.
Titan metallidan yasalgan “Magma” deb nomlangan ushbu tur havo kemasi qanotlarida kichik kovaklar bo‘lib, dvigateldan chiqadigan kuchli shamol oqimi kovaklardan o‘tib, havo kemasining harakatlanishini ta’minlaydi.
Tajribalar davomida ushbu tur samolyoti bir necha bor muvaffaqiyatli reyslarni amalga oshirdi. Ishlab chiqaruvchilar yangi texnologiyaning an’anaviy samolyotlarga nisbatan yengil, arzon va xavfsiz ekanligiga ishonch bildirmoqdalar.