Yangi qurilgan uy mojarosi...
Jizzax viloyati G‘allaorol tumanida yashovchi fuqaro K.Abdujalilovning O‘zbekiston Respublikasi bosh prokuraturasi ishonch telefoni orqali qilgan murojaati O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasiga kelib tushdi.
Ushbu murojaatda iste’molchi Chilonzor tumani 23-mavzeda joylashgan “Trans servis idea” MCHJ tomonidan qurilayotgan yangi ko‘p qavatli uylardan birini sotib olish borasida 650 million so‘mlik shartnoma imzolaganligi, ushbu xonadonning barcha to‘lovlari, shuningdek, barcha hujjatlar rasmiylashtirilgan bo‘lsa-da, uy haligacha topshirilmayotganidan norozi ekanini ma’lum qilgan.
Mazkur holat Federatsiyaning Chilonzor tuman jamiyati tomonidan o‘rganilishi natijasida, iste’molchiga uy olib berilishiga erishildi.
Hurmatli iste’molchi, Agarda sizning huquqlaringiz buzilsa, 1091 ishonch telefoni va @PotrebitelUz_bot orqali murojaat qilishingiz mumkin.