Yangi O‘zbekistonga yangi g‘alabalar yarashadi
Poytaxtimizdagi «Islom Karimov» nomidagi xalqaro aeroportda Rossiyaning Qozon shahrida o‘tkazilgan 1-MDH o‘yinlarida munosib ishtirok etgan O‘zbekiston sport delegatsiyasining kutib olish marosimi bo‘lib o‘tmoqda.
Ma’lumot o‘rnida, delegatsiyamiz 1-MDH o‘yinlarida 150 nafardan ziyod atletlar bilan ishtirok etib, 16 ta sport turida 91 ta medalga ega chiqishdi. Mazkur medallar jamlanmasining 23 tasi oltin, 32 tasi kumush va 36 tasi bronza medallaridir.
Marhabo Madaminova, Yoqub Meliboyev (video), O‘zA