Yangi O‘zbekiston yoshlari bir manzilda jam bo‘ldi
FOTOREPORTAJ
Islom Karimov nomidagi Farg‘ona viloyati teatr-konsert saroyi ochiq maydonida “Yoshlar oyligi” munosabati bilan “Yangi O‘zbekiston yoshlari, birlashaylik!” shiori ostida galla-konsert o‘tkazildi.
Tadbirni Farg‘ona viloyati hokimi Xayrullo Bozorov va Yoshlar ishlari agentligi direktori Alisher Sa’dullayev kirish so‘zi bilan ochib, viloyat yoshlarini yaqinlashib kelayotgan bayram bilan qutladi. Mamlakatimizda yosh avlod kamoloti uchun yaratilayotgan ulkan imkoniyatlar xususida alohida so‘z yuritildi. Davlatimiz rahbari tomonidan olib borilayotgan bugungi davlat siyosati zamirida yoshlarga e’tibor va g‘amxo‘rlik mujassam ekaniga e’tibor qaratilib, farg‘onalik yoshlar ham bu yuksak ishonch va imkoniyatlarga munosib bo‘lib, kelajakda xalqimiz, Vatanimiz manfaatlari hamda uning baxt-saodati yo‘lida bor kuch-g‘ayrati, bilim va salohiyatini safarbar etishiga tilak bildirildi.
Viloyatning barcha shahar va tumanlaridan kelgan, har jabhada ilg‘or, o‘z tengdoshlariga o‘rnak bo‘layotgan yoshlarga tashakkurnoma va esdalik sovg‘alari topshirildi.
Konsert dasturi davomida yoshlarga berilayotgan imkoniyatlar, ularning bandligini ta’minlash uchun amalga oshirilgan ishlar haqida ma’lumotlar berildi. Ushbu imkoniyatlardan unumli foydalanib, daromad topayotgan yoshlar tomonidan dil izhorlari aks etgan videorolik ham namoyish qilindi.
[gallery-17961]
Taniqli estrada yulduzlari, “Bravo” jamoasi a’zolari hamda el suygan san’atkorlar tomonidan tayyorlangan musiqiy chiqishlar, jozibali raqslar kechaga yanada fayz kiritdi.
Yakunda namoyish etilgan mushakbozlik esa tadbirga yanada ko‘tarinki ruh bag‘ishladi.
Muqimjon QODIROV (surat), O‘zA