Yangi Namangan yashil makonga aylanadi
FOTOREPORTAJ
Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida Yangi Namangan tumanida keng ko‘lamli obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda.
Navbatdagi ana shunday tadbirda tumanning markaziy ko‘chalari, shimoliy aylanma yo‘li atrofidagi bo‘sh hududlarda ko‘chat ekish ishlari bajarildi. Unda tuman hokimligi, huquq-tartibot idoralari vakillari, faollar, nuroniylar hamda yoshlar ishtirok etdi. Tadbir davomida mas’ullar aholini atrof-muhitni, tabiatni asrash, ko‘chatlarni parvarishlash va ekologik madaniyatni yuksaltirishga chaqirdi.
[gallery-28506]
Aytish joiz, bu yilgi bahor mavsumi uchun 70 ming tup mevali va manzarali ko‘chat ekish rejasi ortig‘i bilan bajarilib, amalda 71 ming tupdan ziyod nihol yerga qadaldi. Bugungi tadbirda esa tuman bo‘ylab 15 ming tupdan ortiq manzarali daraxt niholi ekildi.
Bu kabi ezgu ishlar hududlarda ekologik barqarorlikni ta’minlash va aholi uchun yanada qulay yashash muhitini yaratishga xizmat qiladi.
Hotam MAMADALIEV(surat),O‘zA