“Yangi nafas” yugurish musobaqa
Andijonda O‘zbekiston Respublikasi Davlat Bayrog‘i qabul qilinganligi munosabati bilan “Yangi nafas” yugurish musobaqasini tashkil etish va uni o‘tkazish yuzasidan tuzilgan shtab a’zolarining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
18 noyabr – “O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i to‘g‘risida” gi qonun qabul qilingan kun sifatida yurtimizda keng nishonlanadi. Joriy yilda ushbu sanani yanada ko‘tarinkilik bilan o‘tkazish maqsadida turli tadbirlar o‘tkazilishi belgilangan. Jumladan, yurtdoshlarimiz, ayniqsa, yoshlar qalbida yurt bayrog‘iga hurmat, vatanparvarlik tuyg‘ularini yanada mustahkamlash, qolaversa, sog‘lom turmush tarzi ko‘nikmalarini shakllantirish maqsadida o‘tkaziladigan “Yangi nafas” yugurish musobaqasi ana shunday tadbirlardan biridir.
[gallery-9456]
Andijon viloyati hokimligi bilan hamkorlikda musobaqani o‘tkazish bo‘yicha viloyat ichki ishlar, sport ishlari, sog‘liqni saqlash, xalq ta’limi boshqarmalari, viloyatdagi oliy o‘quv yurtlari va boshqa mutasaddi tashkilotlar rahbarlaridan iborat shtab tuzilib, muhokama yig‘ilishi o‘tkazildi. Unda musobaqani o‘tkazish bilan bog‘liq barcha masalalar atroflicha muhokama qilindi.
Yig‘ilishda “Yangi nafas” yugurish musobaqasini tashkil etish va yuqori saviyada o‘tkazish bo‘yicha reja ishlab chiqilib, tasdiqlandi. Komissiya a’zolari hamda mutasaddi tashkilotlar vakillariga tegishli vazifalar topshirildi.
F. UBAYDULLAEV,
Z. UMRZOQOV (foto),
O‘zA