Yangi mehnat kodeksida nimalar o‘zgardi
Davlatimiz rahbari tomonidan 2022 yilning 28 oktyabr kuni imzolangan “O‘zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksini tasdiqlash to‘g‘risida” gi qonunga muvofiq, joriy yilning 1 may sanasidan yangi tahrirdagi Mehnat kodeksi kuchga kirdi.
Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Buxoro viloyati boshqarmalari hamda hududiy tizim tashkilotlari xodimlari uchun yangilangan Mehnat Kodeksining mazmun-mohiyati, undagi yangicha tartiblar, intizomiy qoidalarga bag‘ishlangan seminar tashkil etildi. ZOOM platformasi orqali kengaytirilgan tartibda o‘tkazilgan seminarda boshqarma rahbariyati, tuman, shahar bo‘limlarining mutaxassislari va inspektorlari qatnashdi.

Seminar ishtirokchilariga ma’muriy islohotlar jarayonida yangi tahrirdagi Kodeksning kuchga kirishi bilan mehnat munosabatlarini to‘g‘ri tashkil etish, xodimlar, ish beruvchilar va davlat manfaatlarining muvozanatini ta’minlash kabilar bo‘yicha tushuntirish berildi. Fuqarolik xizmatida mehnat munosabatlari muhim o‘rin tutadi. Yangi tahrirdagi Mehnat kodeksida bir qator o‘zgarishlar va qo‘shimchalar aks etgan. Tadbirda mazkur o‘zgarishlarning aksariyati atroflicha tushuntirildi. Inson resurslarini boshqarish va rivojlantirish bo‘linmalari rahbarlari faoliyatida duch kelayotgan qator masalalar tahlil qilindi.

Shuningdek, boshqarmalarning korrupsiyaga qarshi kurash bo‘yicha mutaxassislari tomonidan xodimlarga ijro-intizomiga rioya qilish, odob-axloq va ichki mehnat-tartib qoidalariga amal qilishi, mansab vakolatini suiiste’mol qilish holatlariga yo‘l qo‘ymaslik, fuqarolar bilan muloqotda xushmuomala bo‘lishi kabi masalalar bo‘yicha ogohlantirildi. Xodimlarga ish vaqtida xizmat intizomining buzilishi, tamagirlik va boshqa korrupsion holatlarning huquqiy oqibatlari hayotiy misollar bilan tushuntirildi.
Zarif Komilov,
O‘zA