Yangi ko‘rgazmalar zali foydalanishga topshirildi
Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutida yangi tashkil etilgan Ko‘rgazmalar zali hamda O‘zbekiston Badiiy akademiyasi akademiklari ijodiy asarlari ko‘rgazmasining ochilishi bo‘lib o‘tdi.
Dastlab, Ko‘rgazmalar zali va undagi ilk ko‘rgazma ochilishida so‘zga chiqqan institut rektori Omonulla Salixov maskanning ilmiy-ma’naviy ahamiyati haqida to‘xtaldi.


Uning ilk faoliyati O‘zbekiston Badiiy akademiyasi akademiklari ijodiy asarlari ko‘rgazmasi bilan boshlangani esa nafaqat badiiy merosni namoyish etish, balki ta’lim jarayonini sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqish, talabalarning ijodiy salohiyatini rivojlantirish va milliy san’at maktabida ustoz-shogird an’analari asosida uzviylikni ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etishi qayd etildi.

Tadbirda qayd etilganidek, zamonaviy ko‘rgazma zalining eshiklari turli san’at loyihalari uchun hamisha ochiq bo‘lib, pedagoglar hamda talabalar, nazariyotchilar hamda amaliyotchilar uchun ijodiy platforma vazifasini bajaradi hamda ko‘plab yangi va yosh iste’dodlarni kashf etishga xizmat qiladi.
Gulnoza Boboyeva, O‘zA