Yangi kitob: "Alisher Navoiy hikmatlari"
"Fan" nashriyoti "Alisher Navoiy hikmatlari" kitobini chop etdi.
Kitob tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori Komiljon Rahimov tomonidan tayyorlangan.
Alisher Navoiyning she’riy va nasriy hikmatlari kirill yozuvi bilan birgalikda eski o‘zbek yozuvida hamda fors va arab tillarida o‘quvchilar e’tiboriga havola qilingan.