Yandex Maps ilovasida uchta shaharning batafsil yo‘l xaritasi paydo bo‘ldi
Ilovada Toshkent, Andijon va Namangan shaharlarining yo‘l xaritalari yangilandi.
Xaritada harakatlanish va yo‘l chiziqlari, chiqish yo‘laklari va xavfsiz to‘xtash joylari ko‘rsatilgan.
Yangi formatning asosiy farqli jihati uning batafsilligida. Oddiy navigatsiya “qayerga borish” kerak, degan savolga javob bersa, yangi xaritada muayyan hududdan qanday o‘tish mumkinligi ko‘rsatilgan .
«Toshkent va O‘zbekistonning boshqa shaharlari qiyofasi tez o‘zgarmoqda: yo‘l infratuzilmasi rivojlanib, yangi yo‘llar, ko‘priklar, yer osti yo‘llari, yo‘l o‘tkazgichlar va murakkab yo‘l tutashuvlari paydo bo‘lmoqda. Bu o‘zgarishlar elektron xaritalarda aks ettirilgan bo‘lishi kerak. O‘zbekiston Yandex Maps xaritalarida bir vaqtning o‘zida uchta shahar yo‘l harakati haqida batafsil ma’lumotni o‘z ichiga olgan Markaziy Osiyodagi birinchi davlat bo‘ldi. Kelgusida respublikaning boshqa shaharlarining ham shunday batavsil xaritalar paydo bo‘ladi», — deydi Yandex Uzbekistan rahbari Izzat Shukurov.
Yangi format Toshkent ko‘chalarida to‘liq ishlamoqda. Andijon va Namanganda esa hozirda markaziy tuman va asosiy magistral yo‘llaridagina bu xaritadan foydalanish mumkin.
Ushbu yangilikni tadbiq etish maqsadida Yandex Maps jamoasi tomonidan uchta shaharda 2760 kilometrlik yo‘llar raqamlashtirildi. Xaritani tuzishda sun’iy yo‘ldosh tasvirlari, panoramalar va hudud fotosuratlaridan foydalanildi.
Roman BONDARCHUK tayyorladi, O‘zA