Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!
FOTOREPORTAJ
O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan mamlakatimiz bo‘ylab “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” shiori ostida “Mustaqillik to‘yi” festivali doirasida keng ko‘lamli madaniy-ma’rifiy tadbirlar tashkil etilmoqda.
Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Buxoro viloyati Olot tumani bo‘linmasi tashabbusi bilan hududdagi “Humo” istirohat bog‘ida umumta’lim maktablari o‘quvchilari o‘rtasida “Eng yaxshi rasmlar” tanlovi o‘tkazildi.
[gallery-29242]
Mazkur tanlov yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularning ijodiy salohiyatini rivojlantirish hamda iste’dodli o‘quvchilarni aniqlashga xizmat qildi. Tabiat qo‘ynida o‘tkazilgan ijodiy jarayon bolalarga alohida zavq bag‘ishlab, ularning tasavvur olamini yanada boyitdi.
Tanlov davomida ishtirokchilar Vatanga muhabbat, tinchlik, birlik va farovon kelajak g‘oyalarini aks ettirgan rang-barang ijodiy ishlari bilan ishtirok etdilar.
Yakunda eng yaxshi ish mualliflari tashkilotchilar tomonidan munosib rag‘batlantirildi.
Tohir ISTATOV (surat), O‘zA