XVJ Ukrainaga 500 million dollar ajratadi
Xalqaro valyuta jamg‘armasi va Ukraina rasmiylari Kiyevga taxminan 500 million dollar miqdoridagi navbatdagi transh ajratish bo‘yicha dastlabki kelishuvga erishdi. Ushbu ma’lumot jamg‘arma kecha e’lon qilgan bayonotda keltirilgan.
– XVJ va Ukraina rasmiylari tomonidan joriy to‘rt yillik Kengaytirilgan jamg‘arma dasturi (EFF) sakkizinchi muhokamada ma’qullandi, – degan tuzilmaning Kiyevdagi missiyasi rahbari Gevin Grey. – Dastlabki kelishuvni endi Direktorlar kengashi tasdiqlashi kerak. Shu tariqa Ukraina tomonidan dastur doirasida olingan mablag‘ 10,65 milliard dollarga yetadi.
XVJ barcha zarur me’yorlarni bajarib, islohot dasturi asosida oldinga siljiyapti.
Darvoqe, jamg‘arma harbiy harakat, infratuzilma inqirozi bilan bog‘liq qiyinchiliklarga qaramay, mamlakat iqtisodiyotida barqarorlik saqlanganini ta’kidlagan.