Xotin-qizlar sportda bellashdi
Zarafshon shahrida Oila va xotin-qizlar hamda Ichki ishlar bo‘limlari hamkorligida 8 mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan sport musobaqasi o‘tkazildi.
Tadbir Xotin-qizlar o‘rtasida sport bilan shug‘ullanishni ommalashtirish, shuningdek, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish maqsadida “Sport – sog‘lom xalq, sog‘lom avlodning tayanch ustuni” shiori ostida tashkil etildi. Sportning voleybol turi bo‘yicha “Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i kubogi” musobaqasi o‘tkazildi.

Unda turli tashkilot va korxonalarda faoliyat olib borayotgan xotin-qizlardan iborat 18 ta jamoa o‘zaro bellashdi.

Yakuniy natijalarga ko‘ra, 1-o‘rinni shahar Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi, 2-o‘rinni shahar Sport maktabi hamda 3-o‘rinni “Qizilqum fosforit kompleksi” MCHJ jamoasi qo‘lga kiritdi.

G‘olib va sovrindor jamoalar hamda faol ishtirokchilar tashkilotchilar tomonidan munosib taqdirlandi.
A.Bo‘riyev, O‘zA muxbiri