Xotin-qizlar bandligi – e’tiborda
FOTOREPORTAJ
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 7 iyundagi “Yoshlar muammolarini o‘rganish va hal qilish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan “Yoshlar daftari”ni yuritish orqali tizimni yanada takomillashtirish, yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash belgilangan.
Shu maqsadda Sirdaryo tumanida O‘zbekiston Respublikasi FVV hamda tuman hokimligi hamkorligida “Yoshlar daftari”da turgan xotin-qizlarni jamiyatda o‘z o‘rnini topishiga ko‘maklashish, muammo, taklif hamda tashabbuslarini o‘rganish maqsadida seminar o‘tkazildi.
[gallery-18784]
Seminarda yurtimizda xotin-qizlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, bandligini ta’minlash, tadbirkorlikka yo‘naltirish borasida amalga oshirilayotgan islohotlar haqida so‘z yuritildi. Yoshlarning mahallalarda o‘z biznesini yo‘lga qo‘yishi, kasb-hunarli bo‘lishiga ko‘maklashish bo‘yicha chora-tadbirlar ishlab chiqilib, ijroga yo‘naltirildi.
Shahriyor ORTIQBOEV (surat), O‘zA