Xorijiy kompaniya oldidagi qarzni undiriş uçun 50 milliard sömlik uskuna xatlandi
Sud qarorlari va ijro hujjatlarining öz vaqtida bajarilişi qonuniylikni taʼminlaş hamda undiruvçilarning huquq va manfaatlarini himoya qilişda muhim ahamiyatga ega. Biroq ayrim qarzdorlar belgilangan majburiyatlarni ixtiyoriy ravişda bajarmagani sababli, ularga nisbatan qonunda belgilangan majburiy ijro çoralari qöllanilmoqda.
Xorijiy kompaniyadan Ijro hujjatlari ijrosini taʼminlaş, undiruvlarni qonunçilikda belgilangan tartibda amalga oşiriş böyiça Majburiy ijro byurosi tomonidan tizimli işlar olib borilmoqda.
Toşkent şahar iqtisodiy sudining qaroriga muvofiq, “B.K.” MÇJdan xorijiy kompaniya foydasiga jami 1,9342 million AQŞ dollari miqdoridagi mablağni undiriş belgilangan.
Jumladan, qarzdor korxonadan 1,8 million dollar asosiy qarz, 80 ming dollar foiz hamda 54,2 ming dollar sud xarajatlarini undiriş közda tutilgan.
Mazkur sud qarori asosida rasmiylaştirilgan ijro hujjati Majburiy ijro byurosining Qoraqalpoğiston Respublikasi boşqarmasiga kelib tuşgan. Qarzdorga ijro hujjati talablarini ixtiyoriy ravişda bajariş uçun 15 kun muddat berilgan va sud qarorini ijro etmaslikning huquqiy oqibatlari tuşuntirilgan.
Biroq belgilangan muddatda qarzdorlik bartaraf etilmagan. Şu sababli davlat ijroçisi tomonidan “B.K.” MÇJga tegişli töqimaçilik tolalarini tayyorlaş uskunasi xatlovga olingan.
Uskuna 50,814 milliard sömga baholanib, qarzdorlikni qoplaş maqsadida elektron onlayn-auksion savdolariga çiqarildi.
Şu tariqa, sud hujjatlari ijrosini taʼminlaş doirasida qarzdor korxona mol-mulki hisobidan undiruvni amalga oşiriş çoralari körilmoqda.
Hamroz Bayonov,
ÖzA