Xorijiy hamkorlardan qutlovlar
Insonparvarlik, mehr-muruvvat va bag‘rikenglik kabi olijanob umuminsoniy qadriyatlarni o‘zida mujassam etgan muborak Qurbon hayiti – Iyd al-Adho munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev nomiga xorijiy davlatlar va hukumatlar, nufuzli xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar rahbarlari, taniqli siyosiy, jamoat va din arboblaridan tabrik maktublari kelmoqda.
Xorijiy hamkorlar o‘z qutlovlarida O‘zbekistonning ko‘p millatli xalqiga samimiy hurmat-ehtirom izhor etib, yurtimizga tinchlik, farovonlik va ravnaq tilamoqda, vijdon va e’tiqod erkinligini ta’minlash, barqaror taraqqiyotga erishish, inson qadrini ulug‘lash borasida amalga oshirilayotgan islohotlarni yuksak baholab, do‘stlik va ko‘p qirrali hamkorlik munosabatlarini bundan buyon ham mustahkamlashga qat’iy intilishlarini ta’kidlamoqda.
Jumladan, quyidagilar o‘z tabriklarini yo‘llagan:
Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev;
Qirg‘iz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov;
Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmon;
Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedov;
Turkman xalqining milliy yetakchisi, Turkmaniston Xalq Maslahati Raisi Gurbanguli Berdimuhamedov;
Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev;
Qozog‘iston Respublikasining birinchi Prezidenti Nursulton Nazarboyev;
Turkiya Respublikasi Prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘an;
Misr Arab Respublikasi Prezidenti Abdulfattoh as-Sisi;
Birlashgan Arab Amirliklari Prezidenti Shayx Muhammad bin Zoid Ol Nahayon;
Birlashgan Arab Amirliklari Vitse-prezidenti, Bosh vaziri, Dubay amirligi hokimi Shayx Muhammad bin Roshid Ol Maktum;
Birlashgan Arab Amirliklari Vitse-prezidenti, Bosh vaziri o‘rinbosari, Prezident ishlari bo‘yicha vaziri Shayx Mansur bin Zoid Ol Nahayon;
Birlashgan Arab Amirliklari Bosh vaziri o‘rinbosari, ichki ishlar vaziri Shayx Sayf bin Zoid Ol Nahayon;
Kuvayt Davlati Amiri Shayx Mish’al al-Ahmad al-Jobir as-Saboh;
Kuvayt Davlati Valiahdi Shayx Saboh al-Holid al-Hamad as-Saboh;
Iordaniya Hoshimiylar Podshohligi Podshohi Abdulla II;
O‘mon Sultoni Haysam bin Toriq;
Bahrayn Podshohi Hamad bin Iso Ol Xalifa;
Jazoir Xalq Demokratik Respublikasi Prezidenti Abdulmajid Tabbun;
Falastin Davlati Prezidenti Mahmud Abbos;
Saudiya Arabistoni Podshohligi davlat vaziri, Vazirlar Kengashi a’zosi Turki bin Muhammad bin Fahd bin Abdulaziz Ol Saud;
Islom hamkorlik tashkiloti bosh kotibi Husayn Ibrohim Toha;
Turkiy davlatlar tashkiloti bosh kotibi Kubanichbek Omuraliyev;
Kavkaz musulmonlari idorasi raisi Shayxulislom Ollohshukur Poshozoda.
Qutlovlar kelishi davom etmoqda.