Xorazmda rektorlar forumi o‘tkazildi
FOTOREPORTAJ
Urganch davlat universitetida Turizm ta’limi yo‘nalishidagi oliy ta’lim muassasalari rektorlarining forumi bo‘lib o‘tdi. Unda respublikamizning turizm sohasi bo‘yicha kadrlar tayyorlaydigan 11 ta oliy ta’lim muassasasi rektori, shuningdek, xorijiy hamkorlar – Yaponiyaning Nagoya hamda Turkiyaning Gelishim oliy o‘quv yurtlari professor-o‘qituvchilari ishtirok etdi.
Forum ishini Urganch davlat universiteti rektori Bahrom Abdullayev kirish so‘zi bilan ochib, vohaning turizm salohiyati va imkoniyatlari xususida to‘xtaldi. Bugungi kunda hududda soha industriyasi tarmoqlari va xizmat ko‘rsatish turi va sifati oshayotganini ta’kidladi.
[gallery-18752]
Ishtirokchilar o‘z oliy ta’lim muassasalariga biriktirilgan turistik hududlarda amalga oshirilayotgan ishlar borasida taqdimot o‘tkazib, mamlakatimiz turizm salohiyatini oshirish, turizm sohasi uchun malakali kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish borasidagi tajriba va bilimi bilan o‘rtoqlashdi.
Tadbir davomida Urganch davlat universiteti faoliyati bilan yaqindan tanishildi. Talabalar turar joyida yaratilgan shart-sharoitlar, kutubxona, ma’naviyat xonasi, yashash xonalari va oshxonalar ko‘zdan kechirildi. Shuningdek, ishtirokchilar yangi barpo etilayotgan sport kompleksi hamda 5-o‘quv binosida bo‘ldi.
Behzodbek SAIDOV (surat), O‘zA