Xorazmda ham pilla qabul qilish boshlandi
Xorazm viloyatida pilla hosilini qabul qilishga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi.
Unda Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish qo‘mitasi raisi B.Sharipov, rais o‘rinbosarlari, viloyat hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari O‘. Masharipov hamda Vetnam delegatsiyasi a’zolari ishtirok etdi. Tadbirda qo‘mita raisi B.Sharipov tomonidan pillakorlar xirmoniga baraka tilanib, mavsumda faollik ko‘rsatgan kasanachilar munosib rag‘batlantirildi. Pillakorlarning yiqqan pilla hosili taroziga tortilib, ularning ish haqlari joyida berildi.


Gulnoza Boboyeva, O‘zA