Xo‘jand mahallasi omilkorlari
FOTOREPORTAJ
Namangan viloyati To‘raqo‘rg‘on tumani “Xo‘jand” mahalla fuqarolar yig‘inining asosiy drayveri uzumchilik va chorvachilikdan iborat.
Mavjud Uzumzor, Ko‘lhovuz, Bog‘baland hamda Axsi ko‘chalaridagi har bir xonadonda tomorqadan unumli foydalaniladi.
[gallery-18590]
Uzumchilikda tengi yo‘q bo‘lgan Uzumzor ko‘chasida istiqomat qiluvchi 258 oilaning aksariyati uzumchilik va chorvachilik ortidan daromad topmoqda. Tomorqachilik mahallada turmush tarzi, yashash sharoiti yaxshi bo‘lgan oilalar safini kengaytirmoqda.
Hotam MAMADALIEV (surat), O‘zA