Xitoy savdo urushida “g‘alabagacha” kurashadi
Xitoy tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Gen Shuan AQSh savdo urushini davom ettirish niyatida bo‘lsa, mamlakat “g‘alabagacha” kurash olib borishini ma’lum qilgan.
Xitoy tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Gen Shuan AQSh savdo urushini davom ettirish niyatida bo‘lsa, mamlakat “g‘alabagacha” kurash olib borishini ma’lum qilgan.
Bu haqda RIA Novosti xabar bermoqda.
“Avvalgi tajriba Xitoy savdo urushini istamasligi, biroq undan cho‘chimasligini ham isbotladi. Agar kimdir uyimiz ostonasida urush qilmoqchi bo‘lsa, biz g‘alabagacha kurashamiz” degan Gen Shuan AQSh Prezidenti Donald Trampning Xitoy tovarlariga qo‘shimcha boj tariflarini joriy qilish haqidagi tahdidlarini izohlab.
Gen Shuan shuningdek, AQSh vaziyatni xolis baholash barobarida Xitoyning o‘z manfaatlarini himoya qilishga tayyorligi va qat’iyatini hisobga olishiga ham umid bildirgan.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan haftada ikki mamlakat savdo muzokaralarining navbatdagi raundi Amerika Xitoyning 200 milliard dollarlik tovarlariga boj tariflarini 10 foizdan 25 foizga oshirishi fonida samarasiz yakunlandi. Shundan so‘ng AQSh Prezidenti Donald Tramp Xitoy tovarlariga boj tariflarini 300 milliard dollarga ko‘tarish haqida ko‘rsatma bergani ma’lum bo‘ldi. Bunga javoban Pekin 1 iyundan AQShdan import qilinuvchi 60 milliard dollarlik tovarlarga bojlar miqdorini oshirishini bildirdi.