Xitoy davlat matbuoti Si Szinpinning Tramp bilan uchrashuvidan keyingi dastlabki bayonotni berdi
Rais Si Szinpin Xitoy va AQSH ikki tomonlama aloqaga yangicha yondashuv sifatida samarali, strategik jihatdan barqaror munosabat barpo etishini ta’kidladi. Ushbu pozitsiya keyingi uch yil va keyingi davrdagi hamkorlik uchun strategik yo‘nalish beradi. Shuningdek, XXR rahbari savdo, qishloq xo‘jaligi, sog‘liqni saqlash va turizm sohalarida sheriklik kengaytirilishini qayd etgan.
- Xitoy AQSH bilan o‘zaro manfaatli hamkorlik mustahkamlanishini ma’qullaydi, - dedi Si Szinpin. Ishonchimiz komilki, Amerika kompaniyalari mamlakatimizda kengroq istiqbolga ega bo‘ladi.
Shuningdek, Chin davlati yetakchisi AQSHni Tayvan masalasiga juda ehtiyotkor yondashishga chaqirarkan shunday dedi: Tayvan mustaqilligi va bo‘g‘ozdagi tinchlik o‘zaro mos kelmaydi.
S.Rahimov, O‘zA