Xitoy Afrikaning aksar import mahsulotlari uchun tarifni bekor qildi
Xitoy 1-maydan boshlab Afrikaning 54 mamlakatidan 53 tasi uchun barcha tovarlarga boj tarifini bekor qildi, AQSH esa Prezident Donald Tramp siyosati doirasida yangi-yangi import solig‘ini joriy etishga harakat qilmoqda. Bu haqda WSJ yozgan. Xabarda aytilishicha, birgina Tayvan bilan diplomatik aloqani saqlab qolayotgan Esvatini bunday imtiyozdan mosuvo.
- So‘nggi yillarda Vashingtonga xos nomuvofiq yondashuv asnosida Pekin mazkur qaror bilan uzoqni ko‘ra bilishini namoyon etmoqda, - deya ta’kidlangan maqolada.
Bir yil oldin Tramp ma’muriyati javob tarifini joriy qilgach, Afrikaning iqtisodiyoti kuchli bir necha davlati AQSHga yo‘naltirilgan ba’zi mahsulotlari uchun yangi bozor izlashini e’lon qilgan edi. Masalan, Janubiy Afrika uchun Amerika stavkasi 30 foizga ko‘tarilgan, ayrim mamlakatlar esa hatto 40 foizdan ham ko‘p import boji to‘lashi belgilangan.
S.Rahimov, O‘zA