Tanlov g‘olibi respublika bosqichiga yo‘l oldi
Navoiy davlat universitetida “Milliy qadriyatlar targ‘ibotchisi” respublika tanlovining hududiy bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Unda Navoiy davlat universiteti hamda Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti vakillari ishtirok etib, ikki shart asosida o‘zaro bellashdi.
Ishtirokchilar o‘zlarining ma’naviy-ma’rifiy bilimlari, kasbiy salohiyati va targ‘ibotchilik ko‘nikmalarini namoyon qilishdi.
Yakuniy natijalarga ko‘ra, Navoiy davlat universiteti Aniq fanlar fakulteti dekani o‘rinbosari G‘iyos Yusupov birinchi o‘rinni egallab, respublika bosqichida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritdi.
Tanlov so‘nggida ishtirokchilar diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
A.Bo‘riyev, O‘zA muxbiri